Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Eronlik rasmiylar AQSh hujumlarini zaif deb hisoblamoqda — The Washington Post

Eronlik rasmiylar AQSh hujumlarini zaif deb hisoblamoqda — The Washington Post

Gazetaning yozishicha, AQSh Eron rasmiylarining shaxsiy telefon suhbatlarini tinglagan. Ushbu suhbatlarning mazmuni Donald Tramp tomonidan bildirilgan "Qo‘shma Shtatlarning hujumlari natijasida Eron yadroviy dasturi tugatildi yoki o‘n yilliklarga ortga surildi" degan versiyaga mos kelmaydi.

The Washington Post bu ma’lumotni AQSh maxsus xizmatlariga yaqin bo‘lgan to‘rt manbasiga tayanib bergan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, aviazarbalar ko‘lami ham, Eronga yetkazilgan zarar ham Tramp ma’muriyati tomonidan sezilarli darajada bo‘rttirilgan.

Bundan tashqari, AQSh matbuoti maxsus xizmatlarning dastlabki hisobotiga tayangan holda Vashingtonning talqinini shubha ostiga qo‘ymoqda. Mazkur ma’lumotlarga ko‘ra, zarbalar Eron yadroviy dasturining rivojlanishini atigi bir necha oyga orqaga surgan. Xuddi shu fikrni Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) rahbari Rafayel Grossi ham CBS telekanaliga bergan intervyusida tasdiqlagan.

O‘z navbatida, Tramp ma’muriyati eronlik rasmiylarning shaxsiy suhbatlari tinglangani faktini rad etmagan. Biroq Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt bu borada keskin munosabat bildirdi.

"Sharmandalik, Wahington Post kontekstdan yulib olingan ma’lumotlarni tarqatib, jinoyat sodir etayotganlarga yordam bermoqda. Eron yadroviy dasturiga barham berilgan", — deya u prezident Trampning rasmiy pozisiyasini yana bir bor ta’kidladi.

Kiritildi: 13:20 30.06.2025. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!