Bugun 22 oktyabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Eronlik erkak tinchlik uchun 40 yil ichida 80 mamlakatni velosipedda aylanib chiqdi

Eronlik erkak tinchlik uchun 40 yil ichida 80 mamlakatni velosipedda aylanib chiqdi

Eronlik Rahmetulloh Azad 40 yil davomida 80 ta davlatni aylanib o‘tib, dunyoda tinchlik zarurligiga e’tibor qaratmoqchi bo‘ldi.

Eron poytaxti Tehron chekkasida yashovchi 60 yoshli erkak hali yoshligida zo‘ravonlik, adolatsizlik va urushga e’tibor qaratish uchun dunyo bo‘ylab sayohat qilishga qaror qildi.

40 yil davomida Azad Afrika, Yevropa va Osiyoning 80 ta davlatini kezib, sayyoraning har bir burchagidagi odamlarga tinchlik-xotirjamlik bilan yashash muhimligi haqida gapirib berdi.

Eronlikning yo‘lidagi yana bir to‘xtash joyi Turkiya bo‘lib, u Mush, Kayseri va Sivas kabi viloyatlarga bordi.

Velosipedchi Agri viloyatida Turk Qizil yarim oy jamiyati idorasiga tashrif buyurgan, Tasilchay tumanida esa mahalliy aholi bilan suhbatlashgan.

Kiritildi: Bugun 11:41. O'qildi: 370 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!