Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Quvayt amiri Mishal al-Ahmad al-Jobir as-Sabah bilan telefon orqali muloqotda ma’lum qildi, deya xabar beradi Turkiya prezidenti ma’muriyatining aloqa bo‘limi.
Davlat rahbari Tel-Avivning bunday niyatlariga chek qo‘yish zarurligini ta’kidladi
Tomonlar Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro, mintaqaviy va xalqaro muammolarni muhokama qildilar.
Prezident Erdog‘an, Isroilning Eronga hujumlari bilan boshlangan mojaro mintaqa xavfsizligiga katta xavf tug‘dirayotganini qayd etdi. Turkiya davlati rahbari mintaqada yangi urush boshlanishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidladi.
Turkiya rahbari Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu boshqaruvi global barqarorlik va xavfsizlik uchun muammoga aylanganini ta’kidladi.
Turkiya davlat rahbarining ta’kidlashicha, Isroil hujumlari, jumladan, Eron va AQSh o‘rtasidagi Eron yadroviy dasturi bo‘yicha muzokaralar jarayoniga putur yetkazmoqda. Uning ta’kidlashicha, bu muzokaralar kelishmovchiliklarni bartaraf etishning yagona yo‘li.
Prezident Erdog‘an, Turkiya va Quvayt Isroilning G‘azodagi genosidi va mintaqadagi tajovuzini keskin qoralaganini eslatdi.