Eron shimolidagi kimyo zavodida yuz bergan yong‘inda kamida to‘qqiz kishi jabrlandi.
“Qizil Yarim Oy Jamiyatining Nazorat va muvofiqlashtirish markazi kimyoviy reaktor portlashi natijasida kelib chiqqan yong‘in haqida ma’lum qildi. 9 kishi jarohat oldi”, — dedi Qizil Yarim Oy Jamiyatining Alborz viloyati bo‘yicha direktori Muhammad Baqir Xalafi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyiga shifokorlar guruhi yuborilgan.