Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Erondagi kimyoviy zavodda yong‘in kelib chiqdi

Erondagi kimyoviy zavodda yong‘in kelib chiqdi

Eronning Kum shahridagi kimyoviy zavodida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “RBK”.

Yong‘in Eronning ftalat angidrid ishlab chiqaruvchi eng yirik xususiy korxonasi “Movallan” fabrikasida sodir bo‘lgan.

Yong‘in xizmati vakili Hamid Karimiyga ko‘ra, yong‘in mahalliy vaqt bilan 6:00 (Toshkent vaqti bilan 9:30)da boshlangan, olovni o‘chirishga 100 dan ortiq o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.

Karimiyning aytishicha, o‘t o‘chiruvchilar alanganing spirt va boshqa oson o‘t oluvchi suyuqliklar saqlanadigan omborxonaga tarqalib ketishining oldini olishga muvaffaq bo‘lgan. Shuningdek, operasiya chog‘ida yong‘in xizmati mashinasi yonib ketgan, oqibatda ikki nafar o‘t o‘chiruvchi jabrlangan, ular zudlik bilan kasalxonaga yetkazilgan.

Yong‘in atrofida favqulodda holat ye’lon qilinib, barcha tashkilotlar, shu jumladan, Islom inqilobi posbonlari korpusi, yong‘inga qarshi kurash uchun safarbar qilingan.

Kiritildi: 21:18 03.05.2021. O'qildi: 1993 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!