Bugun 2 iyul, 2024 yil, seshanba

КИР

Eronda reperning o‘lim hukmi bekor qilindi

Eronda reperning o‘lim hukmi bekor qilindi

Eron Oliy sudi reper Tomaj Solixiyga nisbatan chiqarilgan o‘lim hukmini bekor qildi. Sud ishni qayta ko‘rib chiqishni buyurdi. Bu haqda Farda radiosi xabar bermoqda.

24 aprel kuni Eron sudi Solihiyni 2022 yilda mamlakatda noo‘rin hijob kiygani uchun axloq polisiyasi tomonidan hibsga olingan Mahsa Amini o‘limi bilan bog‘liq namoyishlarni qo‘llab-quvvatlaganlikda ayblab, o‘limga hukm qildi.

Solehiy 2022 yil oktabr oyida hibsga olingan. 2023 yilda Eron Oliy sudi uni olti yilu uch oyga qamoq jazosiga hukm qildi. Keyinroq Isfaxon shahri sudi Oliy sud qarorini qayta ko‘rib chiqib, reperni o‘limga hukm qildi.

Solixiy Erondagi korrupsiya, qashshoqlik, qatl va namoyishchilarni o‘ldirishga qarshi yozgan qo‘shiqlari bilan shuhrat qozongan.

Kiritildi: 01:29 23.06.2024. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!