Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eronda bino qulashi oqibatida qurbonlar soni 10 kishiga yetdi

Eronda bino qulashi oqibatida qurbonlar soni 10 kishiga yetdi

Eron janubi-sharqida binoning qulashi natijasida qurbonlar soni 10 kishiga yetdi. Bu haqda IRNA axborot agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ayni paytda jabrlanganlar soni 39 kishini tashkil etmoqda.

Shuningdek, voqea yuzasidan 10 kishi hibsga olingani xabar qilingan. Ularning tabiiy ofatga olib kelgan qonunbuzarliklarga aloqadorligi yuzasidan ish olib borilmoqda.

Dushanba kuni Abadan shahrida (Xuziston viloyati) qurilayotgan 10 qavatli tijorat binosi qisman qulab tushdi. Prezident Ibrohim Raisi falokat sabablarini zudlik bilan tekshirishni va aybdorlarni jazolashni buyurdi.

Kiritildi: 22:54 24.05.2022. O'qildi: 2246 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!