Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

"Eron yadroviy dasturining otasi" Isroil razvedka agentlari tomonidan o‘ldirilgan - OAV

"Eron yadroviy dasturining otasi" Isroil razvedka agentlari tomonidan o‘ldirilgan - OAV

Eron yadro dasturi rahbari deya atalgan Eron yadroviy olimi Mohsen Faxrizoda Isroil maxsus xizmati "Mossad" agentlari tomonidan o‘ldirildi. Ular qotillikni maxsus yaratilgan qotil robot yordamida amalga oshirishgan. Bu haqda The New York Times nashri Amerika, Isroil va Eron rasmiylari hamda operasiya tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan razvedka xodimlariga tayanib xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2007 yildan beri "Mossad" Fahrizoda bilan yadroviy qurol ishlab chiqarish dasturida ishlagan oltita eronlik olimni o‘ldirgan. Agentlar 2009 yilda Faxrizodaning o‘zini yo‘q qilishga urinishgan, biroq razvedka operasiya buzilgan deb gumon qilib, uni oxirgi lahzada bekor qilgan.

Yangi operasiyaga tayyorgarlik 2019 yil oxiri va 2020 yil boshlarida Isroil rasmiylari va AQShning yuqori martabali amaldorlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlardan so‘ng boshlandi. Ularda Yossi Koyen (o‘sha paytda "Mossad" direktori), AQShning sobiq prezidenti va davlat kotibi Donald Tramp va Mayk Pompeo hamda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Gina Xaspel qatnashgan. Tramp 2018 yil bahorida AQSh yadroviy bitimdan chiqishini e’lon qilganidan keyin Isroil unga qaytishga qaror qildi.

Faxrizoda 2020 yil noyabr oyining oxirida Eron shimolidagi Mazandaran viloyatida o‘ldirilgan. U bo‘lgan mashina masofadan boshqariladigan katta kalibrli qurollardan o‘qqa tutilgan.

Manbaga ko‘ra, "Mossad" agentlari ilgari robotlashtirilgan qurilmaga biriktirilgan Belgiyada ishlab chiqarilgan avtomatdan foydalangan. Butun strukturaning og‘irligi bir tonnaga yaqin edi, shuning uchun uni qismlarga bo‘lib Eronga olib kelib, mamlakatda qayta yig‘ishdi. Robot Eronning mashhur Zamyad pikapining orqa qismiga sig‘adigan qilib yaratilgan. Yuk mashinasida turli yo‘nalishlarda kameralar o‘rnatilgan, mashinaga portlovchi moddalar solingan.

Operasiya kuni pikap Faxrizoda haydashi kerak bo‘lgan joyda kutib turgan. Uning mashinasiga 15 ta o‘q otilgan, ularning bir qismi olimga tekkan. Eron nashrining xabar berishicha, uchta o‘q uning umurtqa pog‘onasini sindirgan. Olim o‘ldirilgandan so‘ng, pikap masofadan turib portlatilgan, ammo Isroil agentlari umid qilganidek, qurolni butunlay yo‘q qilishning iloji bo‘lmadi.

Eron Mudofaa vazirligi Faxrizodani bo‘limning tadqiqot va innovasiyalar bo‘yicha tashkilot boshlig‘i deb ataydi. Shu bilan birga, ommaviy axborot vositalari olimni "Eron bombasining otasi" deb atagan va AQSh moliya vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, u yadroviy qurol ishlab chiqaruvchi tadqiqot firmasini boshqargan. 2018 yilda Isroil hukumati Faxrizodani Tehronning butun yadroviy loyihasi rahbari deb atadi.

Kiritildi: 21:45 19.09.2021. O'qildi: 3249 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!