Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Eron va O‘mon G‘azodagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi

A A A
Eron va O‘mon G‘azodagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi

Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon juma kuni o‘monlik hamkasbi Sayyid Badr Albusaydiy bilan telefon orqali G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda “IRNA” ma’lum qildi.

– O‘tgan hafta Bayrutga qilgan safarim chog‘ida Isroil G‘azoga qayta hujum boshlagan taqdirda, javob avvalgidan ham keskinroq bo‘lishini eshitdim, – dedi Abdullohiyon.

Misr va Qatar vositachiligida tuzilgan sulh kuchga kirgan o‘tgan haftagacha urush qirg‘oq bo‘ylab 15 500 dan ko‘p insonning umriga zomin bo‘ldi. Isroil sulhdan keyin juma kuni harbiy kampaniyani davom ettirdi va yana kamida 107 kishi halok bo‘ldi.

G‘azo bo‘ylab aksil harakat, shuningdek Livanning Hizbulloh qarshilik harakati va Yaman Qurolli kuchlari urushdan zarar ko‘rgan aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ko‘plab amaliyotlar o‘tkazmoqda.

Amir Abdullohiyon fikricha, G‘azo xalqiga qarshi urush jinoyati qayta boshlanishi sionistik rejimning xalqaro hamjamiyat talablaridan bexabarligini ko‘rsatadi.

– Barcha musulmon davlatlari jinoiy harakatni to‘xtatish uchun birgalikdagi sa’y-harakatni kuchaytirishi zarur, – deya ta’kidladi u.

O‘mon rasmiysi, o‘z navbatida, urushning davom etishi va mintaqa bo‘ylab tarqalishini “baxtsizlik” deb atadi.

Kiritildi: 21:33 02.12.2023. O'qildi: 1230 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!