Eron va AQSh o‘rtasidagi bo‘lajak uchrashuv kelishuv imzolanishi bilan yakunlanishi mumkin. Vashington va Tehron o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilayotgan Pokistondagi manba «Reuters» agentligiga parda ortidagi diplomatiyada ijobiy siljish borligini ma’lum qildi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, dastlab tomonlar o‘zaro anglashuv memorandumini imzolaydilar, so‘ngra 60 kun ichida keng qamrovli bitim tuziladi.
«Batafsil shartnoma keyinroq tayyorlanadi. Hozirda har ikki tomon prinsipial jihatdan rozi, texnik detallar esa keyinroq kelishib olinadi», — deya iqtibos keltiradi agentlik o‘z suhbatdoshining so‘zlaridan.
Diplomatik manbaning qo‘shimcha qilishicha, asosiy pokistonlik vositachi — armiya shtabi boshlig‘i, feldmarshal Osim Munir 15 apreldan beri Tehronda muzokaralar olib bormoqda va «eng murakkab masalalar bo‘yicha muvaffaqiyatga erishgan».