Eron 48 kishini AQShning Iroqdagi maxsus operasiyasi paytida vafot etgan general Qosim Sulaymoniyning o‘limiga aloqadorlikda aybladi.
Bu haqda mamlakatning inson huquqlari bo‘yicha shtabi kotibi Ali Bakeri ma’lum qildi.
Bakerining ta’kidlashicha, barcha 48 kishining shaxsi aniqlangan va Tehron ayno paytda ularni javobgarlikka tortish uchun harakat qilmoqda.
Bakeri, shuningdek, ushbu tadbirda Germaniya ham ishtirok etganini qo‘shimcha qildi. Xususan, Sulaymoniyga qarshi operasiyada qatnashgan Amerika dronlari Germaniyadagi Ramshtayn harbiy bazasi bilan ma’lumot almashishgan ekan.