Bugun 3 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron shimol va janubda ikkita atom elektr stansiyasini qurish uchun maydonlarni tayyorladi

Eron shimol va janubda ikkita atom elektr stansiyasini qurish uchun maydonlarni tayyorladi

Eron mamlakat shimoli va janubida ikkita atom elektr stansiyasi (AYES) qurish uchun maydonlarni tayyorladi.

Bu haqda Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Eslomiy ma’lum qildi.

“Ettinchi dastur (besh yillik, 2024-yil mart – 2029-yil mart) yakuniga qadar Eronning atom energetika quvvati 3000 megavattga yetadi va mamlakat janubida va shimolida ikkita elektr stansiyasini qurish uchun hududlar tayyorlandi”, — dedi u.

Ayni paytda Eronda faqat Busher shahrida Rossiya yordami bilan qurilgan bitta atom elektr stansiyasi ishlamoqda. Atom elektr stansiyasining birinchi bloki Eron milliy energetika tizimiga 2011-yil sentyabrida ulangan edi.

Kiritildi: 20:41 31.05.2025. O'qildi: 548 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!