Eron orbitaga chiqarish uchun Rossiyaga ikkita sun’iy yo‘ldosh yubordi, deb xabar berdi Tasnim agentligi. Ma’lumotlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldoshlar xususiy kompaniyalar tomonidan ishlab chiqilgan.
«Kovsar» sun’iy yo‘ldoshi qishloq xo‘jaligi ishlarida yordam berish, tabiiy ofat zonalarini kuzatish va boshqalar uchun mo‘ljallangan, «Xodxod» sun’iy yo‘ldoshi telekommunikasiya yo‘ldoshidir. Eron manbalarining ta’kidlashicha, Kovsar bir necha yil davomida ishlab chiqilgan, Xodxod esa bir yildan kamroq vaqt ichida to‘liq ishlab chiqarilgan.
Sun’iy yo‘ldoshlarni uchirish o‘tgan yili rejalashtirilgan edi, ammo oxir-oqibat hech qanday izohsiz qoldirildi.
Rossiyaga jo‘natilishidan oldin, sun’iy yo‘ldosh islom ruhoniylari vakillari tomonidan «barakalangan».