Bugun 10 fevral, 2026 yil, seshanba

КИР

Eron parlamentida yopiq majlis o‘tkazildi

Eron parlamentida yopiq majlis o‘tkazildi

Eron Majlisi (bir palatali parlament) so‘nggi voqealar, jumladan muzokara jarayoni, shuningdek, mamlakatning mudofaa qobiliyati va milliy xavfsizlik sohasidagi vaziyatga bag‘ishlangan yopiq majlis o‘tkazdi. Bu haqda Mehr agentligi tayanib xabar berdi.

Mamlakat parlamenti matbuot kotibi Abbos Gudarzining ma’lumm qilishicha, muhokamalarda Qurolli kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i general-mayor Abdulrahim Musaviy va tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi ishtirok etgan.

Uchrashuvda avvalgi muzokaralardagi xatolarni takrorlamaslik zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, Eronning uranni nol darajagacha boyitishni qabul qilmasligi qayd etilgan.

“Deputatlar muzokaralarda qat’iy turish kerakligini hamda yadro sanoatini himoya qilish diplomatiyada muhim masala bo‘lishi lozimligini aytdi. Bu soha mamlakat kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega”, deydi Abbos Gudarzi. Shuningdek, Gudarzi muzokara joyi va doirasini to‘liq Eron belgilaganini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 10:04. O'qildi: 402 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!