Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka (AEXA/MAGATE) AQSh va Isroil tomonidan islom respublikasidagi yadroviy ob’ektlarga berilayotgan zarbalar yuzasidan norozilik bildirdi.
Bu haqda Eron Atom energiyasi tashkiloti (EAET) ma’lum qildi. Tashkilot MAGATEning ushbu hujumlar borasidagi sukunatini «ochiqchasiga sheriklik» deb atadi.
«EAET rahbari agentlik bosh direktori (Rafael Grossiga) bir nechta norozilik xatlari yo‘lladi», — deyiladi RIA Novosti iqtibos keltirgan bayonot matnida.