Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida maxsus nazorat rejimini joriy etmoqchi

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozida maxsus nazorat rejimini joriy etmoqchi

Eron rahbariyati Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ustidan nazorat o‘rnatishning maxsus rejimini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deb bayonot berdi mamlakat hukumati rasmiy vakili Fotima Mohajeroniy.

Bu haqda u «RIA Novosti» jurnalistlariga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Eron hukumati Ho‘rmuz bo‘g‘ozini muhim geopolitik aktiv va boshqa davlatlar bilan aloqa qilishda ta’sir o‘tkazish vositasi (richag) sifatida ko‘rmoqda.

Mohajeroniyning so‘zlariga ko‘ra, Tehron akvatoriya ustidan suverenitet masalasida o‘z milliy manfaatlarini himoya qilish uchun barcha zarur vositalarni ishga soladi.

«Ho‘rmuz bo‘g‘ozi mamlakatimizning alohida mulki hisoblanadi», — deya ta’kidladi hukumat vakili.

Kiritildi: Bugun 09:26. O'qildi: 323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!