Agar AQSh Eron infratuzilmasiga hujum qilsa, Tehron simmetrik choralar bilan javob qaytaradi.
Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Esmail Bag‘ai ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Eron qurolli kuchlari mamlakatdagi nishonlarga biron bir zarba berilsa, AQSh bilan bog‘liq shunga o‘xshash nishonlarga qarshi javob choralari qo‘llanilishi haqida ogohlantirgan.
Bag‘ai Eronga qarshi har qanday harakatlarda ishtirok etgan har qanday Amerika ob’ektlari nishonga olinishi mumkinligini ta’kidladi.