Bugun 30 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Eron hozircha atom bomba yasashga e’tibor qaratmayapti

Eron hozircha atom bomba yasashga e’tibor qaratmayapti

Eron atom energiyasi bo‘yicha tashkilot rahbari Muhammad Eslamiyning Fars yarim rasmiy axborot agentligiga ma’lum qilishicha, hozirda Eronda atom bomba yaratish uchun texnik imkoniyat mavjud, biroq ushbu masala kun tartibida turgani yo‘q.

Uning qo‘shimcha qilishicha, ayrim g‘arb mamlakatlari jamoatchilikni chalg‘itish uchun Eronga nisbatan asossiz ayblovlarni ilgari surmoqda.

Eronning Xalqaro munosabatlar bo‘yicha strategik kengashi rahbari Kamol Xarraziy iyul oyi oxirida, “Eron atom bomba yasash uchun zarur texnik salohiyatga ega, uronni 20 foizdan 60 foizgacha boyita oladi, biroq yadro quroli yaratish niyati yo‘q”, deb bayonot bergan edi.

Kiritildi: 10:15 03.08.2022. O'qildi: 1756 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!