Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydimi?

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydimi?

Eron Tashqi ishlar vazirligi Hormuz bo‘g‘ozi yopilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili Ismoil Bag‘ayi ma’lum qildi.

U Hormuz bo‘g‘ozi orqali yuk tashish to‘xtatilgani haqidagi bir nechta OAV xabarlarini asossiz deb atadi.

Bag‘ayining so‘zlariga ko‘ra, Eron qurolli kuchlari o‘zaro anglashuv memorandumiga muvofiq savdo kemalarining bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishini ta’minlash uchun zarur choralarni ko‘rdi.

"Ushbu yo‘nalishda yuk tashish davom etmoqda", deb ta’kidladi Eron Tashqi ishlar vazirligi vakili.

Avvalroq Germaniyaning Bild gazetasi Isroilning Livanga hujumlaridan so‘ng Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopgani va AQSh bilan muzokaralarni to‘xtatgani haqida xabar bergan edi.

Kiritildi: 08:51 20.06.2026. O'qildi: 1040 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!