Eron navigasiya va identifikasiya tizimlari o‘chirilgan holda Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tishga urinayotgan barcha kemalarni dushman deb hisoblaydi.
Bu haqda Eron dengiz floti Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK)ning maxsus bayonotida aytilgan.
"Hormuz bo‘g‘ozida navigasiya va identifikasiya tizimlarini o‘chiradigan barcha kemalar dushman deb hisoblanadi", deyiladi bayonotda.
Eron harbiylari shuningdek, bunday hollarda bunday kemalarga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishi haqida ogohlantirgan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, 10 oktyabrdan beri Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tish qoidalarini buzgan uchta tanker dengiz minalariga urilib, yonib ketgan.