Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Eshton Katcher dunyodagi eng boy aktyorga aylandi

Eshton Katcher dunyodagi eng boy aktyorga aylandi

Uning investisiya portfeli hozirda 9 milliard dollardan oshib ketdi.

So‘nggi yillarda u aktyorlik faoliyatidan deyarli chekinib, e’tiborini investisiyalarga qaratdi. O‘tgan 17 yil davomida Katcher Skype, Spotify, Uber, Airbnb, OpenAI va Anthropic kabi kompaniyalarga ular rivojlanishining dastlabki bosqichlarida sarmoya kiritgan.

Uning eng katta daromadi Anthropic kompaniyasining bozorga chiqishi ortidan keldi: dastlab kiritilgan 35 million dollar sarmoya 7 milliard dollarga aylandi.

E’tiborlisi, aktyorning bo‘lajak rafiqasi Mila Kunis o‘z vaqtida Katcherni sarmoya bilan shug‘ullanishdan qaytargan va bundan 15 yil muqaddam «Uber» hamda bitkoinga pul tikishni dahshatli xato deb atagandi.

Ma’lumot uchun: Eshton Katcher (1978 y.t.) «Jobs» («Jobs», 2013) filmida «Apple» asoschisi Stiv Jobs obrazini gavdalantirgan.

Kiritildi: 22:30 21.11.2026. O'qildi: 1184 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik