Bugun 3 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Eron endi MAGATE rahbarini o‘z yadroviy obektlariga kiritmaydi — mamlakat parlamenti vise-spikeri

Eron endi MAGATE rahbarini o‘z yadroviy obektlariga kiritmaydi — mamlakat parlamenti vise-spikeri

"Biz, shuningdek, o‘z yadroviy obektlarimizda MAGATE tomonidan kuzatuv kameralari o‘rnatilishiga rozi bo‘lmaymiz", — deya ta’kidladi Eron parlamenti vise-spikeri Hamid Rizo Hoji Boboiy.

Avvalroq Eron parlamenti mamlakatning Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) bilan hamkorligini to‘xtatish nazarda tutilgan qonunni qabul qilgan edi. Shu fonda tashkilot inspektorlariga Eronga kirish taqiqlandi, biroq bu MAGATE rahbari Rafael Grossiga taalluqli yoki yo‘qligi noma’lumligicha qolayotgandi.

Eron agentlikni AQSh va Isroilning o‘z yadroviy ob’ektlariga hujumlariga yordam berishda va bu hujumlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qoralamaganlikda ayblamoqda.

Qo‘shma Shtatlarning Erondagi yadroviy ob’ektlarga zarbalaridan keyin MAGATE rahbari Rafael Grossi Tehronda o‘z yadro dasturini davom ettirish uchun resurslar qolganini bildirgan va boyitilgan uran zaxiralarini tekshirish uchun zararlangan ob’ektlarga kirishni talab qilgan edi.

Kiritildi: 21:15 28.06.2025. O'qildi: 617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!