Bugun 5 mart, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron Bosh shtabi: Tehron Turkiyaga raketa uchirmagan

Eron Bosh shtabi: Tehron Turkiyaga raketa uchirmagan

Eron Qurolli Kuchlari Bosh shtabi Turkiya hududiga raketa uchirilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

Bayonotda aytilishicha, Eron Qurolli kuchlari qo‘shni va do‘st davlat bo‘lgan Turkiyaning suverenitetini hurmat qiladi.

«Eron Qurolli kuchlari qo‘shni va do‘stona Turkiyaga qarata har qanday raketa uchirilganini rad etadi», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Turkiya Mudofaa vazirligi Erondan uchirilgan ballistik raketa muvaffaqiyatli tutib qolinganini ma’lum qilgan edi. Raketa qoldiqlari Hatay viloyatining Dortyol tumaniga tushgan.

Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q. Turkiya rasmiylari fuqarolar xavfsizligini ta’minlashga sodiq ekanliklarini bildirib, zarur holda javob choralari ko‘rilishi mumkinligini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 17:32. O'qildi: 603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!