Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Tehron tomonidan BMT Xavfsizlik kengashining 15 a’zosiga yo‘llangan maktubda Isroil "barcha qizil chiziqlarni bosib o‘tgani va xalqaro hamjamiyat bu jinoyatlar jazosiz qolishiga yo‘l qo‘ymasligi kerakligini" ta’kidlangan.
"Eron BMT Nizomining 51-moddasida mustahkamlangan o‘zining ajralmas mudofaa huquqini tasdiqlaydi va ushbu noqonuniy hamda qo‘rqoqlarcha qilingan harakatlarga qat’iy va mutanosib ravishda javob beradi", deyiladi maktubda.