“Telegraf.com” nashrining xabar berishicha, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Eron AQShning “kirdikor”lariga javob tariqasida iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash borasida kelishuvga erishgan.
Birinchi galda so‘z gaz, neft va neft mahsulotlari haqida ketyapti. Mayning 19 va 20 sanalarida esa energetika va iqlim sohasi bo‘yicha Evropa komissari Migel Ariasa Kaneta Eronga safar qiladi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Eronga qarshi tashlagan qadamlariga javob o‘laroq Eronning dollardan voz kechishi, jumladan, neft va gazning dollarda emas, yevroda oldi-sotdi qilinishi borasida gap-so‘zlar tarqalgandi.
Voqealar rivoji kutilganidek yakunlansa, unda yaqin orada dollarning ahamiyati yo‘qoladi.