Bugun 23 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron AQShdan xavfliroq hujum kutgani ma’lum bo‘ldi

Eron AQShdan xavfliroq hujum kutgani ma’lum bo‘ldi

Eron rasmiylarining shaxsiy yozishmalari qo‘lga kiritildi va bu mamlakat rahbarlari AQSh tomonidan amalga oshirilgan zarbalarni kutilayotganidan ancha kamroq vayron qiluvchi deb baholaganini ko‘rsatdi. Bu haqda The Washington Post (WP) gazetasi manbalariga tayanib xabar berdi.

«AQSh yuqori lavozimdagi eronlik amaldorlar o‘rtasidagi yozishmalarni qo‘lga kiritgan. Ularda AQShning Eronning yadro dasturiga qarshi uyushtirgan harbiy zarbalari muhokama qilingan va hujum kutilganidek vayron qiluvchi bo‘lmagani qayd etilgan», — deb yozadi WP.

The Washington Post ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlar AQSh prezidenti Donald Tramp taqdim etgan tasvirdan farqli ravishda, Yaqin Sharqdagi vaziyat haqida kengroq tasavvur hosil qilish imkonini beradi. Tramp avvalroq Vashingtonning Erondagi harbiy operasiyasi go‘yoki mamlakatning yadro dasturini «to‘liq va butunlay yo‘q qilganini» aytgan edi.

Gazeta qo‘shimcha qilishicha, Tramp ma’muriyati yozishmalarning mavjudligini inkor etmagan, biroq eronliklar chiqargan xulosalarga keskin rozi bo‘lmagan va ularning uchta yadro ob’ektiga yetkazilgan zararni baholash qobiliyatiga shubha bilan qaragan.

2025 yil 22 iyunga o‘tar kechasi, AQSh Havo kuchlari Eronga zarba berdi. Asosiy nishonlar — Fordo, Isfahon va Natenzda joylashgan uchta yadro ob’ekti bo‘lgan. Hujumda B-2 Spirit strategik bombardimonchilari va bunkerga qarshi bombalar qo‘llanilgan.

Kiritildi: 08:54 30.06.2025. O'qildi: 753 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!