Shuningdek, Eron Xo‘rmuz bo‘g‘ozi bo‘yicha o‘z shartlarini ilgari surishda davom etmoqda, deb xabar berdi Tasnim.
Tehron bo‘g‘ozni zudlik bilan ochishga rozi bo‘lmagan va bu jarayon faqat kelishilgan siyosiy shartlar bajarilganidan keyingina mumkin deb hisoblamoqda, deb xabar beradi agentlik vaziyatdan xabardor manbaga tayanib.
Fars agentligi ham harbiy manbalariga tayangan holda, Eron Xo‘rmuz bo‘g‘izini ochish rejasiga rozi bo‘lgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, bu kabi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Avvalroq, Tramp AQSh va Eron 4 avgustga qadar Xo‘rmuz bo‘g‘ozida kemalar qatnovini qayta yo‘lga qo‘yishni muhokama qilayotganini ma’lum qilgan edi.