Bugun 14 may, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron AQSh bilan vaqtinchalik yadroviy bitim tuzish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Eron AQSh bilan vaqtinchalik yadroviy bitim tuzish masalasini ko‘rib chiqmoqda

Eron yakuniy kelishuvdan oldin AQSh bilan vaqtinchalik yadroviy bitim tuzishni ko‘rib chiqmoqda.

Bu haqda Axios portali xabar bermoqda.

"Eron Qo‘shma Shtatlar bilan muzokaralar chog‘ida keng qamrovli kelishuv bo‘yicha muzokaralarni boshlashdan avval ikki davlat vaqtincha yadroviy kelishuv ustida ishlashlari haqidagi taklifni ilgari surish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda”, — deyiladi nashrda.

Nashrning ta’kidlashicha, vaqtinchalik kelishuv nafaqat Eronning uranni boyitish bo‘yicha faoliyatining bir qismini to‘xtatib qo‘yish va uning zahiralarini qisqartirish, balki BMT inspektorlariga Tehron yadroviy inshootlariga kengroq kirish imkonini berishni ham o‘z ichiga olishi mumkin.

Avvalroq, AQSh energetika vaziri Kris Rayt Abu-Dabidagi matbuot anjumanida Vashington “ta’sir vositalari” yordamida Eron yadro dasturini cheklash niyatida ekanini aytgan edi.

Kiritildi: 08:34 11.04.2025. O'qildi: 604 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!