Bugun 6 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron aholisi tobora qarib bormoqda

A A A
Eron aholisi tobora qarib bormoqda

Eronda tug‘ilish borgan sari kamaymoqda va aholi qarib bormoqda. Vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, yana o‘ttiz yildan keyin Eron dunyo bo‘yicha aholisi eng keksa mamlakatga aylanib qoladi. 

Mahalliy OAV xabariga ko‘ra, bu haqda sog‘liq saqlash vazirining maslahatchisi Muhammad Ismoil Akbariy ma’lum qilgan. “Oxirgi oltmish yilda o‘rtacha 20,2 dan 30 ga chiqdi. Bu ko‘rsatkich yildan-yilga ortyapti”, – dedi u.  

Sog‘liqni saqlash vazirining oila masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Said Hamid Barakatiy esa o‘tgan oydagi bayonotida Eronda oxirgi o‘n yilda turmush qurish nisbati qirq foizga kamayganini aytgan edi. 

Statistika ma’lumotlariga qaraganda, Eronda 83 million 500 ming aholi istiqomat qiladi.

Kiritildi: 05:00 11.06.2020. O'qildi: 11971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!