Eronda 2020 yilda yashirincha 250 kishi, jumladan, 4 nafar jinoyatchi voyaga yetmagan bola qatl qilingan. 2021 yilda esa hozirga qadar 230 ta qatl amalga oshirilgan bo‘lib, to‘qqiz nafar ayol va bir bola yashirincha qatl etilgan, deya ta’kidladi BMTning Erondagi inson huquqlari bo‘yicha mustaqil tergovchisi, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Javaid Rehman BMT Bosh Assambleyasining inson huquqlari qo‘mitasiga Eron o‘lim jazosini «qo‘rqinchli darajada» qo‘llashda davom etayotganini va qatllar bo‘yicha rasmiy statistik ma’lumotlarning yo‘qligini ta’kidlagan.
Xalqaro Amnistiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Yaqin Sharqdagi asosiy qatllar ko‘rsatkichida 493 holatning yarmidan ko‘prog‘i Eronga to‘g‘ri keladi, undan keyingi o‘rinlarda esa Misr, Iroq va Saudiya Arabistoni joylashgan.