Bugun 2 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

Erdo‘g‘on Yaqin Sharq davlatlarini Isroilga qarshi birdamlikka chaqirdi

Erdo‘g‘on Yaqin Sharq davlatlarini Isroilga qarshi birdamlikka chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Istanbulda Iroq bosh vaziri Muhammad Shia as-Sudaniy bilan muzokaralar chog‘ida Isroilning harakatlari yuzasidan Yaqin Sharq davlatlarini birdamlikka chaqirdi.

Shuningdek, uchrashuv chog‘ida Turkiya va Iroq o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy va global mavzular muhokama qilingan.

"Prezident Erdo‘g‘on Turkiya va Iroqning tarixiy va madaniy aloqalari bo‘lgan ikki qo‘shni davlat ekanini, munosabatlarni yaxshilash va hamkorlik imkoniyatlaridan foydalanish, ayniqsa, “Taraqqiyot yo‘li” loyihasi ikki davlatga ko‘p foyda keltirishini ta’kidladi", deya ma’lum qildi Turkiya prezidenti idorasi.

Erdo‘g‘on terror tashkilotlari ham Turkiya, ham Iroq uchun xavfsizlikka tahdid ekani, barcha terror tashkilotlariga qarshi beg‘araz kurash olib borish har ikki davlat tinchligi va barqarorligiga xizmat qilishini, Turkiya Iroq hukumatining kurash borasidagi ijobiy qadamlaridan mamnun ekanini bildirgan.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 412 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!