AQSh Davlat kotibi Entoni Blinkenning Anqaraga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda G‘azoga insonparvarlik yordami yetkaziladigan yuk mashinalarining kunlik sonini kamida 500 taga yetkazish imkoniyati muhokama qilindi, deb ma’lumot berdi Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘an.
Reuters agentligiga bergan intervyusida u Blinken bu taklifga ijobiy munosabatda ekanini ta’kidladi.
Turkiya boshqa davlatlar bilan hamkorlikda G‘azoga tez yordam mashinalari, oziq-ovqat, suv va dori-darmon yetkazib berishga va’da berdi.
Shuningdek, yarador falastinliklar va surunkali kasalliklarga chalingan bemorlarni davolash uchun Turkiya shifoxonalariga olib borish taklif qilinmoqda.