Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ukrainadagi mojaro tomonlariga qarorlarni zo‘rlab qabul qildirish kerak emasligini aytdi.
"Jarayonning nozikligini hisobga olgan holda, tomonlarni majburlamasdan va ularga hech qanday bosim o‘tkazmasdan rag‘batlantirish juda muhimdir," - deya uning so‘zlarini keltiradi "TASS."
Erdo‘g‘onning qayd etishicha, bu adolatli va mustahkam tinchlikka erishish uchun juda muhimdir.