Terrorchilar Turkiyaning chaqirig‘ini hech qanday "lekin"siz bajarishlari kerak.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ramazon bayrami munosabati bilan o‘z tabrik nutqida ma’lum qildi.
Uning qayd etishicha, rasmiy Anqara "Terrorsiz Turkiya" maqsadiga erishish uchun harakat qilishda davom etmoqda.
"Davlatimiz talab qo‘ydi va o‘z majburiyatlarini bajardi. Endi navbat boshqa tomonda. Ular bu chaqiriqni so‘zsiz bajarishlari kerak. Bu masalada bizda u qadar cheksiz vaqt va sabr yo‘q", - dedi Erdo‘g‘an.
Turkiya rahbari terrorchilar zudliksiz qurollarini tashlashi kerakligini ta’kidladi: “Mintaqaviy va global siyosat, mamlakat ichida ro‘y berayotgan voqealar bu jarayonning muvaffaqiyatli yakunlanishi uchun biz uchun har qachongidan ham qulayroq sharoit yaratmoqda”.