Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘azoda davom etayotgan mojarolar fonida isroil va uning ittifoqchilarini keskin tanqid qildi.
Erdo‘g‘on Istanbulda yangi masjidning ochilish marosimida so‘zlagan nutqida "Hech kim Salohiddin Ayyubiyning avlodlarini sionistlar darvozasi oldida qul qilib qo‘ya olmaydi. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz" dedi.
Erdo‘g‘on, shuningdek, yana musulmon dunyosini falastinliklarni qo‘llab-quvvatlash uchun birlashishga, “adolasizlik va zulm”ga qarshi turishga chaqirdi.