Dunyo rahbarlarining barchasi, shu jumladan Donald Tramp ham, Turkiyaning yutuqlari va mintaqadagi ta’sirini tan olmoqda. Buni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Denizli shahrida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
Uning ta’kidlashicha, Turkiya "Evropa, Amerika va butun dunyoda muhokama qilinayotgan ekan".
"Afsuski, mamlakat ichkarisidagi muxolifat buni payqamayapti. Bilib qo‘yinglar, bularning barchasi hali boshlanishi, xolos", - deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.
Yaqinda saylangan AQSh prezidenti Donald Tramp Turkiya va uning Suriya mojarosidagi roliga yuqori baho berib, mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on bilan yaxshi munosabatda ekanligini alohida ta’kidladi.
"Turkiya asosiy kuch hisoblanadi va men Erdog‘on bilan a’lo darajadagi munosabatga egaman, - dedi Tramp jurnalistlarga o‘zining Mar-a-Lago mulkida. - Uning jiddiy harbiy kuchlari bor, ular urushda toliqmagan. U juda kuchli va qudratli armiya barpo etdi".