Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Erdo‘g‘on Yevropa bilan yarashishni boshladi

Erdo‘g‘on Yevropa bilan yarashishni boshladi

Turkiya va Niderlandiya diplomatik munosabatlarni me’yorlashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Hürriyet Daily News xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, Turkiya va Niderlandiya tashqi ishlar vazirlari Mavlut Chuvasho‘g‘li va Stef Blok telefon so‘zlashuvi davomida Anqara va Gaagaga qaytadan elchilarni jo‘natishga kelishib olgan.

Ikki mamlakat TIV rahbarlari 2018 yilning ikkinchi yarmida Blokning Turkiyaga rasmiy tashrif buyurishini ham kelishib olgan.

NATO sammiti maydonida 11 iyulda Bryusselda ikki mamlakat TIV rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda tomonlar diplomatik munosabatlarning me’yorlashtirilishiga tayyorligini bildirgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 01:00 21.07.2018. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!