Dunyoning barcha yetakchilari, jumladan Donald Tramp ham Turkiyaning muvaffaqiyatlari va mintaqadagi ta’sirini tan oladi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Denizli shahrida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Turkiya Yevropa, Amerika va butun dunyoda muhokama qilinmoqda.
"Afsuski, mamlakat ichidagi muxolifat buni sezmayapti. Bilingki, bularning barchasi faqat boshlanishi", - deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.