Turkiyada Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on boshchiligida hukumat a’zolari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan, milliy mudofaa vaziri Yasar Gyuler, Milliy razvedka xizmati rahbari Ibrohim Kalin va hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi matbuot kotibi O‘mer Chelik ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Isroilning Eronga hujumi tufayli kuchayib borayotgan taranglik bilan bog‘liq diplomatik sa’y-harakatlar, bu hujumlarning mintaqaviy va global oqibatlari bilan bog‘liq Turkiyaning mumkin bo‘lgan ssenariylari va qadamlari haqida fikr almashildi.