Turkiya janubiy chegaralarida vaziyatni beqarorlashtirishdan manfaatdor odamlar borligini biladi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik nutqi chog‘ida aytib o‘tdi.
U Turkiyaning Suriyada sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganini ta’kidlab o‘tdi: "Biz kerakli choralarni ko‘ryapmiz. Suriyaning hududiy yaxlitligi va milliy birligini buzishdan kim manfaatdor ekanini bilamiz. Bunga yo‘l qo‘ymaymiz" - dedi Erdo‘g‘on.