So‘nggi kunlarda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning reytingi sezilarli darajada pasaydi. Bu haqda ijtimoiy so‘rovnomalarga asoslanib, turk OAV xabar tarqatdi, dedi "azon.uz".
Islam-today saytidagi xabarda ta’kidlanishicha, ayni paytda amaldagi prezidentni aholining 46-47 foizi qo‘llab-quvvatlayapti xolos.
O‘z navbatida uning prezidentlik saylovidagi asosiy raqibi bo‘lgan, Xalq-respublika partiyasi yetakchisi Muharram Injaning reytingi oshishda davom etyapti va unga 30 foiz aholi ishonyapti.
Ekspertlarning aytishicha, agar mazkur holat saqlanib qoladigan bo‘lsa, ish ikkinchi tur saylovlarigacha boradi. Erdo‘g‘anning mavqei pasayishiga iqtisodning kuchsizlangani sabab bo‘lmoqda.
Eslatish o‘rinli, shu yil boshidan beri turk lirasining qadri 20 foizga tushib ketdi. Umuman olganda esa, bu pasayish 2016 yildagi davlat to‘ntarilishiga urinishdan so‘ng boshlangandi.
Turkiyadagi muddatidan oldingi prezidentlik va parlament saylovlari 24 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.