Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 5 avgust kuni Sochida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazish niyatida, deb xabar bermoqda Bloomberg.
“Turkiya prezidenti Erdo‘g‘an 5 avgust kuni Sochida Putin bilan uchrashadi”, — deyiladi agentlik xabarida.
O‘z navbatida turk OAVlari Erdo‘g‘anning Rossiyaga tashrifi bir kunlik bo‘lishini ta’kidlamoqda.
“Uchrashuv haqiqatan ham 5-kuni Sochida bo‘lib o‘tadi”, dedi “Interfaks”ga Rossiya davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov.