Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan 2024 yilgi Yevropa chempionatida pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan milliy terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi bilan bog‘landi.
Erdo‘g‘an bosh murabbiy Vinchenso Montella bilan suhbatda:
-Umid qilamanki, biz Avstriya bilan o‘yinga tayyorgarlikni davom ettiramiz va zarur bo‘lgan hamma narsani qilamiz.
Prezident jamoa sardori Xakan Chalxanogluga ham murojaat qildi:
-Ayniqsa, sizni tabriklayman, ajoyib gol urdingiz.
Shuningdek, Erdo‘g‘an Chexiya bilan o‘yinda g‘alaba goli muallifi Jenk Tosunga:
-Tabriklayman, siz kiritgan gol barchamizni tinchlantirdi. Alloh taolo sizga yordam bersin.