Katta yigirmatalik sammiti doirasida Turkiya g‘arbida gaz xabi va Istanbulda energiya markazi tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an G20 davlatlari rahbarlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tgan Nyu-Dehlidan qaytayotganda jurnalistlarga ma’lum qildi.
“Biz G20 doirasidagi, shuningdek, barcha xalqaro platformalardagi uchrashuvlarda hamkasblarimiz bilan energiya masalasini muhokama qildik. Biz Rossiya gazini Turkiya orqali Yevropaga yetkazib berish bo‘yicha ishimizni davom ettirmoqdamiz”, dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu masalalar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Erdo‘g‘an Yevropaga boshqa davlatlardan Turkiya orqali gaz yetkazib berilishi mumkinligini ta’kidladi. Shunday qilib, vaqt o‘tishi bilan Turkiya gaz narxini belgilovchi markazga aylanadi: “Istanbulning Atashehir tumanidagi Moliya markazida nafaqat gaz, balki neft, mineral va gaz bilan ham shug‘ullanadigan energiya markazi ochamiz. Bularning barchasidan tashqari, Trakya mintaqasida gaz markazi ham bo‘ladi."
Prezident Atashehirdagi markaz turli energiya manbalarini sotish va tarqatish joyiga aylanishini ta’kidladi.