Turkiya Prezidenti saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatdagi favqulodda vaziyatni bekor qilishini aytgan edi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an va Millatchilik harakati partiyasi rahbari Davlat Bog‘chali mamlakatda favqulodda vaziyatni uzaytirmaslikka kelishib oldi. Bu haqda “Daily Sabah”
xabar berdi.
Bugun, 28 iyun kuni Erdo‘g‘an va Bog‘chali Anqaradagi prezident saroyida bo‘lgan uchrashuvda bu masala borasida kelishuvga erishilgan.
Ma’lumot o‘rnida, Turkiyada favqulodda vaziyat 2016 yil 21 iyulda mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinish bo‘lganidan keyin uch oy muddatga joriy qilingan edi. Bu tartib parlament tomonidan asta-sekin cho‘zib borilgan va so‘nggi uch oylik muddat – 19 iyulda tamom bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, Rajab Toyib Erdo‘g‘an 24 iyun kuni bo‘lib o‘tgan saylovda Turkiya prezidenti etib qayta saylandi. U saylovda g‘alaba qozonsa mamlakatdagi favqulodda vaziyatni bekor qilishini aytgan edi.
Manba: qalampir.uz