Bugun 26 dekabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Erdog‘an: "Turkiya Aleppoda konsullik ochadi"

Erdog‘an: "Turkiya Aleppoda konsullik ochadi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on yaqinda Aleppoda Turkiya bosh konsulligi ochilishini, Anqara Suriyaning yangi hokimiyatlarini barcha sohalarda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytdi.

Bu haqda u parlamentda hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi fraksiyasi oldidagi chiqishi chog‘ida ma’lum qildi.

"Biz Damashqdagi elchixonamizni qayta ochdik va tez orada Aleppoda bosh konsulligimizni ochamiz. Biz Suriyaning yangi ma’muriyati rahbari jarayonni hokimiyat almashinuvi davrida juda yaxshi boshqarganini, uning mo‘tadilligi va konstruktivligi yuqori baholanganini ko‘ryapmiz. Biz Suriyani hamma narsada qo‘llab-quvvatlaymiz: energiyadan ta’lim va sog‘liqni saqlashgacha, xavfsizlikdan savdoga qadar biz yangi hokimiyatlarga Suriya tiklanishi, salohiyatini kuchaytirishi va davlat institutlariga o‘zlarining asosiy vazifalarini yana bajarishiga imkon berish uchun yordam beramiz. - dedi u.

Turkiya rahbari BMT ma’lumotlariga tayanib, “oldingi hokimiyatlarning harakatlari va Suriyadagi urush natijasida yetkazilgan vayronagarchiliklardan ko‘rilgan zararning umumiy qiymati 500 milliard dollarga yaqinlashayotganini” ta’kidladi.

Kiritildi: 16:20 25.12.2024. O'qildi: 403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!