Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning aytishicha, Anqara Moskva va Tehrondan Isroilning Suriyaga tahdidiga qarshi samarali choralar ko‘rishini kutmoqda:
Suriyaning hududiy yaxlitligiga eng katta xavf tug‘dirayotgan bu vaziyatga qarshi Rossiya, Eron va Suriya yanada samaraliroq choralar ko‘rishi zarur. Xuddi shunday sharoitlar Iroqda ham rivojlanmoqda. Shunday ekan, bir tomondan Isroilning urushni butun mintaqaga yoyish borasidagi sa’y-harakatlarini, ikkinchi tomondan terror tashkilotlarining bo‘luvchi va buzg‘unchi faoliyatini inobatga olib, mayda manfaatlar uchun hisob-kitoblardan voz kechib, mintaqani hamjihatlikda saqlab qolishimiz kerak. Yukimiz og‘ir, qiladigan ishlarimiz ko‘p
- dedi Turkiya rahbari Bolqon safaridan qaytgach, samolyot bortida jurnalistlarga.