Turkiya Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi.
Suhbat chog‘ida Isroil va Eron o‘rtasidagi mojarolar, Turkiya–Rossiya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar holati va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.
Prezident Erdo‘g‘an suhbat davomida shunday dedi: “Isroilning Eronga qarshi hujumlaridan boshlangan zo‘ravonlik spirali butun mintaqa xavfsizligini xavf ostiga qo‘ydi.”
Turkiya rahbari Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu hukumatining noqonuniy harakatlari xalqaro tizimga jiddiy tahdid solayotganini ta’kidladi. U mintaqaga yangi urush kirib kelishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini qat’iy urg‘uladi.