Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Er maydoni olib beraman deb, pul olgan firibgar qo‘lga tushdi

Er maydoni olib beraman deb, pul olgan firibgar qo‘lga tushdi

2019 yil 21 fevral kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tuman IIBga tushgan xabarga ko‘ra, 2018 yil mart oyi ohirlarida Sergeli tumani Quruvchilar ko‘chasida yashovchi M.S. Mirzo Ulug‘bek tumani hududida, fuqaro S.A.ga Chilonzor tumani Mevazor mahallasi hududidan 15 sotix yer maydoni olib berishini va’da qilib, undan 15 000 AQSh dollari va 3 300 000 so‘m pulini olib, shu kunga qadar bergan va’dasini bajarmay kelayotgani ko‘rsatilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.S. qo‘lga olingan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 17:58 22.02.2019. O'qildi: 1569 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!