Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Er bilan urishgani uchun bolasini tishlagan ayol

A A A
Er bilan urishgani uchun bolasini tishlagan ayol

2 yoshli qizaloq onasining ruhiy kasalligi tufayli ikki oydan beri sog‘aya olmayapti. Bu ayol 30 yildan beri Rossiyaning Penza shahrida istiqomat qilib kelgan bo‘lib, eri bilan urushganligi bois qizini tepgan va tishlab tashlagan. Bu haqda “zelv.ru ” sayti xabar bermoqda.

Tergovda aniqlanishicha, ayol qizini shu yilning aprel-may oylaridan qiynay boshlagan ekan. Vahshiy ona qizining oyoq va qo‘llarini qonab ketmagunicha tishlashda davom etgan. Ertasi kuni esa qiynashda davom etib, kamiga uning qorniga tepib azoblagan. Bunga esa sabab, shunchaki, ayolga qizining shovqin qilib o‘ynashi yoqmagan ekan.

Bolaning ahvoli og‘irlashganidan so‘ng beshafqat ona shifokorlarga murojaat qilgan. Shifoxonaga o‘g‘ir ahvolda yetkazilgan qizchaning xavfsizligini ta’minlash maqsadida uni otasining qo‘liga topshirishdi. Ayolga qarshi jinoiy ish ochilib, voyaga yetmagan bolaga qattiq jarohat yetkazish, uni tarbiyalash borasidagi majburiyatlarini bajarmaganligi va yana bir qator moddalar bilan ayblanib, 10 yilik qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 16:41 12.07.2018. O'qildi: 1781 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik